Mamlakatimizning innovacion salohiyatini yanada rivojlantirishni maqsad qilgan, kreativ fikrlaydigan yoshlar, iste`dodli professor-o’qituvchilar, yosh olimlar va ilmiy tadqiqotchilar, pedagoglar va iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislari diqqatiga!

 

“El-yurt umidi” jamg’armasi ilg’or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta`lim olish uchun 2022 yilgi 1-stipendiya tanlovini e`lon qiladi!

 

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan 2022 yil mamlakatimizda «İnson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili» deb e`lon qilindi.

Shuningdek, “Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo’ljallangan taraqqiyot strategiyasi” loyihasida “El-yurt umidi” jamg’armasi orqali erkin va ijodiy fikrlaydigan yoshlarni nufuzli xorijiy oliygohlarga o’qishga yuborish ko’lamini 2 baravarga oshirish taklifi ilgari surilmoqda.

Shu bois, “El-yurt umidi” jamg’armasi O’zbekiston Respublikasi uchun eng ustuvor sohalar, jumladan, 

kosmik texnologiyalar, nanotexnologiyalar, IT  va raqamlashtirish, sun`iy intellekt  sohalari;

atom va quyosh energetikasi hamda energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanishning boshqa innovacion yo’nalishlari;

sog’liqni saqlash, farmacevtika, telemedicina, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya sohalari;

elektroenergetika, neftь-gaz, neftь-kimyo, kimyo, metallurgiya sohasining ustuvor tarmoqlari;

mashinasozlik, avtomobilь, elektrotexnika, to’qimachilik va mahsulotlarni standartlashtirish yo’nalishlari;

tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy etish, bog’dorchilik, chorvachilik, parrandachilik kabi agrar sohaning muhim tarmoqlari uchun 420 o’ringa mo’ljallangan ochiq stipendiya tanlovlarini e`lon qiladi!

“El-yurt umidi” jamg’armasi 2022-2023 o’quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda:

bakalavriat ta`lim dasturi uchun 120 nafar,

magistratura ta`lim dasturi uchun 180 nafar,

doktorantura ta`lim dasturi uchun 120 nafar stipendiyalar ajratishini ma`lum qiladi.

Barcha ta`lim dasturlari bo’yicha nogironligi bo’lgan shaxslar uchun kamida 20 ta o’rin ajratilib, bunday yoshlarimizga alohida e`tibor qaratiladi.

Agar siz yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat iqtisodiyoti va ilm-faniga innovacion g’oyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni o’z oldingizga maqsad qilib qo’ygan bo’lsangiz – bu imkoniyat aynan siz uchun!

Nomzodlarning hujjatlari 2022 yil 10 yanvardan – 10 fevralga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.

Saralash bosqichlari 2022 yil 10 fevraldan – 10 martga qadar davom etadi.

Saralash tanloviga oid barcha ma`lumotlar “El-yurt umidi” jamg’armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e`lon qilib boriladi.

Nomzodlar uchun barcha zarur ma`lumotlar jamg’armaning Onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz/

Bugungi kunda 300 nafarga yaqin stipendiatlarimiz AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Franciya, Kanada, Yaponiya, İspaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta`lim va tadqiqot, innovaciya va amaliyot maskanlarida ta`lim olmoqdalar. Siz ham shunday imkoniyatini qo’ldan boy bermang!!! 

 

“El-yurt umidi” jamg’armasi yurtimizning umidi, ishonchi va tayanchi bo’lgan

siz yoshlarni kutib qoladi!!!