Yaponiya bilan yangi loyihalar to’g’risida suhbatlashishlar olib borildi
2022 yilning 18 yanvar kuni xorijiy ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvga Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Jollыbekov, Yaponiyaning Tokiwa Phytochemical kompaniyasi vakillari, Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiyalar universiteti va Shova universiteti professor-o’qituvchilari hamda O’zbekistonning Yaponiyadagi Elchixonasi vakillari ishtirok etdi.
Onlayn muloqotni intitutimizning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori B.Jollыbekov boshlab berdi va yig’ilish ishtirokchilariga hozirda intitutimizda olib borilayotgan xalqaro loyihalar haqida ma’lumot berdi. O’z navbatida Yaponiyalik vakillar o’zlarining bu borada amalga oshirayotgan ishlari haqida ma’lumot berdi.
Onlayn uchrashuvda kelajakda O’zbekiston va Qoraqalpog’istonda dorivor o’simliklarni etishtirish va ularni farmatsevtika sohasida keng qo’llanish bo’yicha ilmiy ishlar olib borish bo’yicha dastlabki kelishuvga erishildi va hamkorlikda qushma loyihalar amalga oshirish rejalashtirildi.