Keksalarni eʼzozlash, ularga hurmat-ehtirom koʻrsatish — xalqimizga xos ezgu fazilat” ushbu gʻoya asosida Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institututida “Keksalar haftaligi”ni yuqori saviyada tashkillashtirish maqsadida joriy yilning 6-oktabr kuni “Koʻzga surtgim ustoz bosgan tuproqlarni” mavzusida institutimiz yoshlar masalalari va maʻnaviy maʻrifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor R. Ibragimova boshchiligida ilm yo`lida fidokorona mehnat qilgan qadri baland ustazlarimiz professor O.Awezov, O.Abillaev, G.Sabirov, professor Z.Sultanova, T.Oserbaeva, D.Otemuratovalar bilan uchrashuv o`tkazildi. 100 dan ortiq talabalar ishtirokida o`tkazilgan davra suhbatida ustozlar o`zlarining ilm yo`lidagi mashaqqatli mehnatlari va ustozlik sharafli kasbi haqida aytib o`tishdi. Bunday uchrashuvlar yosh avlod qalbida vatanparvarlik, mehr-oqibat tuyg`larini shakllantirishda juda katta ahamiyat kasb etadi.