2022-yil 11-oktyabr kuni USAIDning “Agrobiznesni rivojlantirish” loyihasi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida “Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida poliz ekinlarini hosil barqarorligi va keyingi bosqichlar hosildorligini oshirish orqali yetishtirishning qiymat zanjiri” mavzusida o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi, konferensiyada Urganch davlat universiteti hamda institutimiz “Meva-sabzovotchilik, qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasi”fakulteti dekani R.Yusupov boschiligida professor-o‘qituvchilari va talabalaridan iborat 500 ga yaqin kishi ishtirok etdi.
Trening doirasida qo‘shni davlatlarga poliz ekinlari yetishtirish va eksport qilishga asoslangan fermer xo‘jaliklariga tashrif buyurilib, ishtirokchilar mahsulotni saqlash va eksport qilish shartlari bilan yaqindan tanishdilar.
Trening yakunida Oliy ta’lim muassasasi va fermer xo‘jaliklari vakillari o‘rtasida ilmiy nuqtai nazardan salohiyatini oshirish maqsadida dastlabki kelishuvga erishildi.