Institutimizda “YASHIL MAKON” umummilliy loyihasi start oldi.
“Yashil makon” -bu butun mamlakat bo’ylab obodonlashtirish ishlari olib boriladigan milliy loyihadir.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida hududlarda ko‘chat ekish, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirishga doir tadbirlarda faol ishtirok etish nazarda tutilgan. Shu tadbir doirasida institutimizga O’zbekiston Ekologik partiyasi Qoraqalpog’iston Respublikasi partiya tashkiloti raisi А.Begimova tashhrif buyurishdi va talaba-yoshlar bilan uchrashib loyiha borasida tushintirish berib o’tdi.
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekiladigan daraxtlar zaminimizni yashillikka burkashi, chiroyiga chiroy qo’shishi bilan birga minglab kishilarning sog’lig’ini himoya qilishiga qaratilgan.
?“YASHIL MAKON” umummilliy loyihasi?
?O’lkamizda 20 -oktabr sanasidan 1-dekabr sanasi oraligida “Dolzarb 40 kunlik” avjida , ushbu loyiha asosida bugun 29-oktabr kuni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya instituti jamoasi, fidoyi talaba -yoshlari tomonidan poytaxtimizning hududi bo’ylab va institutimizning atroflarida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirilmoqda.
?Bu loyiha doirasida fidoyi talaba -yoshlar tomonidan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari olib borilmoqda va unga asosan 4000 nihol ekilishi nazarda tutilgan. “Yashil makon” umummilliy loyihasi bizning va sizning xayotingiz uchun juda ham katta ahamiyatga ega bo’lib, atrof muhitimizning tozaligi, salomatligimizning mustahkam bo’lishiga zamin yaratib beradi. Jonajon Vatanimizni yashil makonga aylantirishga barchamiz o’z hissamizni qo’shaylik va Vatanimizni obodonlashtirish ishlariga faol ishtirok etaylik!
❗️“Yashil makon” umummilliy loyihasi davom etmoqda!