Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiya universiteti bilan shartnoma imzolandı
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti xalqaro hamkorlikni mustahkamlash va qishloq xo’jaligi sohasida etuk va malakali mutaxassislarni yetishtirishda Yaponiya davlatining bir qator oliy o’quv yurtlari bilan shartnomalar tuzilgan bo’lib, ular bilan hozirgi kunda yangi rejalar va loyihalar asosida samarali faoliyat olib borilmoqda.
Yaqinda shunday oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik shartnomalari yana bittaga ko’paydi. Ya’ni Yaponiya davlatining Tokio qishloq xo’jaligi va texnalogiya universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzolandi.
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektorı E. To’reniyazov, Tokio qishloq xo’jaligi va texnologiya universiteti professori Yashiko Kauavata, professor Nakane va Shovo farmatsevtika universiteti professori Takanolar ishtirokida o’tkazilgan uchrashuvda istiqboldagi vazifalar va rejalar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, Yaponiyalik mehmonlar Qoraqalpog’iston Respublikasi va institutimiz haqida fikrlarin bildirdi hamda hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlab, oliy talim sohasida yo’qori samaradorlikka erishish yo’llari bo’yicha suhbatlashdilar.
Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti Axborot xizmati