Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya institutida Qoraqalpogʽiston Respublikasi Axborot kutubxona markazining huquqiy axborotlar sektori tomonidan “Beruniy bobomizga cheksiz hurmat” mavzusida uchrashuv kechasi bo’lib o’tdi. Kechada Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining birinchi prorektorı R. Ibragimova va Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiya institutining 1-bosqich talaba yoshlari ishtirok etishdi.
Kecha davomida R. Ibragimova Abu Rayhon Beruniyning umr yo’li, bizga meros qilib qoldirgan ilm-fan yo’lidagi mehnatlari, ulug’ bobomizning ismi necha asrlardan buyon qalbimizda yashab kelayotgani, uning ilm-fan sohasiga aloqador badiiy asarlari hanuz mahalliy va chet el olimlari tamonidan o’rganilayotganligi haqida ma’lumot berdi.
N. Jumaniyazova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulug’ mutafakkir va olim Abu Rayhon Beruniyning tavalludining 1050 yilligini xalqaro ko’lamda keng nishonlash to’g’risida” gi 2022 yil 25- avgust kuni PQ-361-sonli qarori qabul qilinganligi, qarorning mohiyati va maqsadi “O’zining noyob insholari hamda olamshumul yangi kashfiyotlari bilan jahon ilm-fani va madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo’shgan ulug’ mutafakkir olim, dastlabki Renessans davrining yorqin vakili bo’lgan ulug’ bobomiz Abu Rayhon Beruniyning ilmiy meroslarini yanada teran o’rganish va targ’ib etish, bu yo’nalishda izlanishlar olib borayotgan yetakchi xalqaro ilmiy markazlar bilan yaqin hamkorliklar o’rnatish, Abu Ra’yihon Beruniy tavalludining 1050- yilligini xalqaro ko’lamda keng nishonlash”dan iborat ekanligini aytib o’tdi. Kecha so’ngida ishtirokchilar kutubxona fondida saqlanib kelayotgan Beruniy bobomizning kitoblaridan tashkil topgan elektron kitob kórgazmasi bilan tanishtirildi.