1-dekabr OITSga qarshi kurashish kuni

 Inson sog’ligi har doim birinchi o’rinda turgan. Ko’p yillardan buyon OITS kasalligiga qarshi kurashish bo’yicha tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda va 1-dekabr OITSga qarshi kurashish kuni sifatida belgilanmoqda. Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutining Agrobiologiya va o’simliklarni himoya qilish fakulteti talaba yoshlari va guruh tyutori P.Dlanova, o’ziga biriktirilgan talabalarga bu kasallikka qarshi qarshi kurashish, uning salbiy oqibatlari natijasida yuz beradigan holatlar bo’yicha tushuncha berish va targ’ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirish maqsadida uchrashuv tashkillashtirdi.

 Uchrashuvga Respublika OITSga qarshi kurashish markazi shifokori B.Qlısheva va laborant Gulmira Xojametovalar taklif qilindi. Bunda shifokor tomonidan talabalarga bu kasallikning kelib chiqish holatlari va nimalarga e’tibor berish zarurligi to’g’risida ma’lumotlar berdi. Talaba yoshlar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi. Bu kasallikning oldini olish bo’yicha fikrlar aytib o’tildi.