«Insonga e’tibor va sifatli ta’lim»
2023 – «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yiliga bag’ishlangan «TA’LIM SIFATI – KELAJAK, qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va suv xo’jaligi kadrlarini tayyorlashning asosi» mavzusidagi Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutıning qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va suv xo’jaligi fakulteti professor-o’qituvchilarining ilmiy-seminarı bo’lib o’tdi.
Seminarni Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov ochib berdi. Undan so’ng fakultet dekani, dotsent E.Sultanov Qoraqalpog’iston qishloq xo’jaligi va agrotexnologiyalar institutı va chet el oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar va echimlar to’g’risida ma’lumotlar berib o’tdi.
Seminar davomida institutning xalqaro aloqalar bo’limi mudiri E.Abdullaev chet el davlatlari bilan institutimiz o’rtasida tuzilgan shartnomalar, ushbu yilning o’zida 9 memorandum imzolanganligi, institutning eng yutuqlaridan biri ekanligi to’g’risida aytib o’tdi:
– biz o’z tajribalarimizni chet el tajribalari bilan bo’lishsak yuqori natijalarga erishamiz. Rivojlangan davlatning bilim ko’nlikmalarini o’zlarimizga moslashtirib o’zimizdagi talaba yoshlarimizga ularni o’rgata olsak bizning katta yutug’imizdir – dedi deya alohida ta’kidlab o’tdi.
Seminarni qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish va suv xo’jaligi fakulteti o’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari D.Jumamuratov davom ettirdi. D.Jumamuratov o’zining Rossiya Federatsiyasi Volgograd shahrida joylashgan «Volgograd davlat agrar universiteti»da mexanizatsiya sohasi bo’yicha to’plagan bilim va ko’nlikmalari, u erdagi o’quv jarayoni to’g’risida ma’lumotlar berdi.