Xotin qizlar maslahat kengashi faoliyati

  15 -oktabr Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv mehmoni tadbirkor, fermer ayol Matkarimova Tajibike Allambergenovna- “SHuxrat” medali sohibi,«Xatsha Mama»-fermer xojaligi boshlig’i,”Jasil makan”biolaborotoriya boshlig’i. SHamuratova Nag’ima-qishloq xujaligi doktori, professor, kafedra mudiri.
  Uchrashuvda BMT Bosh Assambleyasining 2007-yil 18-dekabrdagi «Qishloq hududlarida ayollarning ahvolini yaxshilash» to’g’risidagi rezolyutsiyasiga asosan, 15-oktabr «Xalqaro qishloq ayollari kuni» sifatida e’lon qilingani, sana munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi, fermer ayol talabalarga o’zini hayot yo’lidagi boy tajriba, bilim va tavsiyalarini berib o’tdi.
 Ayolga, xususan, qishloq ayoliga ehtirom va e’tiborning yorqin namunasi sifatida uchrashuv tashkil etilgani barchaga a’lo kayfiyat ulashdi.