“Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!”

   Qoraqalpog’iston   qishloq  xo’jaligi  va agrotexnologiyalar institutida O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunining  35 yilligi munosabati bilan Tillar kafedrasi PhD assistenti F.Sherjanova tomonidan “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Til – millatning faxri, g‘ururi” mavzusida tantanali bayram tadbiri tashkil qilindi. Tadbirda  birinchi prorektor R.Ibragimova so’zga chiqib o’zbek tilining nufuzi va mavqeini oshirish yunalishida olib borilayotgan ishlar o’yicha to’xtalib o’tdi va o’zbek tili bayrami munosabati bilan barchani tabrikladi. Tadbirda  institutimiz talaba yoshlari  o’zbek tilini madh etuvchi she’rlarni va bahru baytlarni ifodali oqib berishdi. Tadbir musiqiy chiqishlar bilan davom etdi,  ishtirokchilar munosib taqdirlandi.