«AralHUB» IT kompaniyasi institutimizda
Shu yilning 21 noyabr kuni institutimiz majlislar zalida Qoraqalpog‘istonning yirik IT kompaniyalaridan biri «AralHUB» kompaniyasi bilan hamkorlikda Axborot tizimlari va texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi talabalari, professor-o‘qituvchilari va texnik mutaxassislar uchun master klass tashkil etildi. Master-klassni tashkil etishdan maqsad AralHub IT kompaniyasi bilan yaqindan tanishtirish orqali yoshlarning ITga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi IT sohasining rivojlanish holati bilan tanishtirishdir.
Master-klassda «AralHUB» IT kompaniyasining dasturiy mahsulotlari, ularni yaratuvchi dasturchilar va qo‘llaniladigan dasturlar haqida ma’lumotlar berildi.