Endi chorva mollari yordamida dehqonchilik qilsa bo‘ladi.

   Oldin xabar berganimizdek, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti kichik ilmiy xodimi Azilov Xursand va institut jamoasi bilan hamkorlikda ishlayotgan ChorDeh amaliy loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha nafaqat qishloq xo‘jaligi uchun foydali bo‘lib qolmasdan, balki qish oylarida ham fuqarolarimiz turli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishga yordam beradi. Bu OFYlarda yashovchi insonlarning kuz-qish oylarida qo‘shimcha daromad manbai bo‘lishi shubhasiz.