Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida IT mentorlar bilan uchrashuv

   Joriy yilning dekabr oyida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Ustudy IT Academy» mentorlar institutimizning «Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo» kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

     Eng avvalo, Ustudy IT Academy haqida ma’lumotlar berildi. Xususan, o‘yinlar, animatsiyalar yoki arxitektura loyihalari uchun professional 3D-modellarni yaratish va bugungi kundagi zamonaviy sohalarga bo‘lgan talablar haqida aytib o‘tildi.

   So‘ng institutimiz talaba yoshlari bo‘sh vaqtlarida ushbu sohalarda ham o‘zlarida bilim va ko‘nikmalarni egallashi ular uchun kelgusi hayotda juda foydali bo‘lishi shubhasizligi aytib o‘tildi.

  

✅ Uchrashuv davomida samimiy savol-javoblar va muhokamalar bo‘ldi.