Kitobsevar millat shiori ostida talaba yoshlar bilan institut Axborot-resurs markazi uchrashuvi o‘tkazildi
Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.Ibragimova va talaba yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuvni yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor R.Ibragimova ochib berdi va boshqarib bordi. Dastlab institutimiz rektori B.Jollibekov ishtirokchilarga ushbu uchrashuvning mazmun-mohiyati va kitoblarning inson hayotidagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
So‘ng so‘zga chiqqan notiqlar bugungi kunda kitob ota-onamiz singari bizlarni tarbiyalaydi, hayotni o‘rgatadi. Necha asrlar oldin o‘tgan ajdodlar hayoti va ulardagi urf-odat, an’analar, qarashlar bizgacha kitob orqali yetib kelgan. Kitobni o‘qish – bu insonning hayotdagi o‘sishi, ilgarilashi, rivojlanishi, kamol topishi, o‘zini o‘zi tarbiyalashi, mustaqil ta’lim olishidan iborat deb ta’kidladi.
Suhbat yakunida talaba yoshlarimiz o‘zlarining o‘qigan adabiyotlari va ularning mazmunlari haqida fikrlar almashildi.