O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi va 2023-yil 7-iyuldagi «Agrar sohada ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishni integratsiyalash orqali sifat va samaradorlikni oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-216-son qarorlarida berilgan topshiriqlar ijrosi hamda 2025-yil «Atrof-muhitni muhofaza qilish va «Yashil» iqtisodiyot yili» munosabati bilan Toshkent davlat agrar universitetida 2025-yil 28-fevral kuni ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish, iqtidorli, iste’dodli va tashabbuskor bakalavriat, magistratura va doktorantura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning intellektual salohiyati va eng ilg‘or g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish maqsadida «Yangi O‘zbekistonda ilm-fan qaldirg‘ochlari» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.