Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
Bugun institutimizda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov, prorektorlar, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar, talaba yoshlar va bir qator soha fidoyilari ishtirok etdi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov ochib berib, bugungi kunda mamlakatimizda ayol-qizlarning ijtimoiy-siyosiy va sotsial faolligini oshirish, qishloq xo‘jaligi, oliy ta’lim sohalarida ham ayol-qizlarga bir qancha imkoniyatlar yaratishda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotganligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, institutimiz xotin-qizlar tomonidan qo‘lga kiritilgan yutuqlar haqida aytib, barcha xotin-qizlarimizni bahor bayrami, yosharish va yangilanish ayyomi 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan samimiy tabrikladi.
Shundan so‘ng, tadbirda bayram munosabati bilan institutimizda ishlayotgan ayol-qizlarimizga, institut rektori tomonidan minnatdorchilik xatlari va bayram sovg‘alari topshirildi.