Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo» kafedrasi assistent o‘qituvchisi Tazagul Paxratdinova 23-mart 2025 yil Qoraqalpog‘iston televideniyesining «Assalawma Áleykum Qaraqalpaqstan» ko‘rsatuviga qatnashdi. U milliy o‘yinlar ichidan hisob-kitob yuritiladigan To‘qqiz qumalaq o‘yini haqida so‘zlab berdi. Bu o‘yinning Qoraqalpog‘istonda rivojlanishi qay darajada bo‘layotganligi haqida ma’lumot berdi.  O‘z shogirdlari bilan qatnashib o‘yinning o‘ynalish tartibi va uning ahamiyati haqida keng tushuncha berdi.

Qaraqalpaqstan MTRK yutube kanali    (14:25 min)