Hozirgi vaqtda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori B.Jollibekov va Zooinjeneriya fakulteti dekani T.Naurizov bilan birga Estoniya tabiiy fanlar universitetiga xizmat safarida.
Dastlab Estoniya tabiiy fanlar universitetining rektori, professor U.Jaakma, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor, professor E.Reintam va O‘rmon xo‘jaligi va muhandislik institutining O‘quv ishlari bo‘yicha direktori Margus Arak kutib oldi.
Avvalo institutimizda mavjud bo‘lgan loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, ularning hozirgi kundagi borishi, institutimizning ilmiy faoliyati haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng, Estoniya tabiiy fanlar universiteti rektori, professor U.Jaakma tomonidan ham ushbu universitetning bugungi kundagi imkoniyatlari taqdimot qilindi.
Uchrashuv so‘ngida universitetning o‘quv va laboratoriya xonalari bilan tanishtirdi.