Institutimiz bitiruvchi yoshlariga «Kelajakka qadam» loyihasi bo‘yicha ma’lumotlar berildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 2025-yil 14-fevraldagi PP-61-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining «Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish to‘g‘risida»gi 2025-yil 20-martdagi 114-sonli buyrug‘ining 4.1.3-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti bitiruvchi talabalar hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha» mavzusida seminar trening tashkil etildi.
Institutning bosh binosida joylashgan Axborot resurs markazida tashkil etilgan «Biznes g‘oyadan tayyor loyihagacha» nomli seminar treningga institut «Registrator ofis» direktori I.Sulaymonova, yoshlar ittifoqi yetakchisi M.Mambetov, hamkor tashkilotlar O‘zlidep Qoraqalpog‘iston Respublikasi kengashi yoshlar masalalari bo‘yicha mutaxassisi K.Qudaybergenova va Nukus shahar adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi mutaxassisi F.Utegenovalar hamda bitiruvchi talaba-yoshlar qatnashdi.
Bunda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalangan holda o‘z mutaxassisliklariga bog‘liq yangi biznes turlarini qanday yo‘lga qo‘yish mumkinligi aytib o‘tildi va ko‘rsatilib Biznes reja tuzib shu joyning o‘zida uni tengdoshlari bilan muhokama qilish ishlarida olib borildi.qatnashuvchi yoshlar orasida o‘z shaxsiy biznes g‘oyalarini tuzish uchun yo‘l loyihalar.
Institutimiz bitiruvchi talaba-yoshlariga o‘rnak sifatida bugungi kunda o‘zining shaxsiy biznesi bilan yoshlarimiz orasida alohida o‘rin egallagan yosh biznes egasi Bobur Rajapov ham o‘z ma’ruzasi bilan qatnashib institutimiz bitiruvchi talaba-yoshlari bilan o‘z bilim va ko‘nikmalarini bo‘lishdi. Ma’lumot o‘rnida B.Rajapovning bugungi kunda 5 ta xususiy biznesi o‘z faoliyatini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ulardan qishloq xo‘jaligi sohasiga oid parrandachilik korxonasining qiymati 40 milliard so‘mni tashkil etadi.
O‘tkazilgan biznes-tirning juda va savol-javoblarga boy bo‘lishi bilan birga bitiruvchi yoshlarimizga o‘z shaxsiy bizneslarini boshlash uchun turtki bo‘ladigan darajada bo‘la oldi desak yanglishmagan bo‘lamiz.