Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti tarafidan «Yashil makon» aksiyasi doirasida «Ziyolilar bog‘i» yaratildi

 Bugun respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarida keng ko‘lamda olib borilayotgan «Yashil makon» umummilliy aksiyasi doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutining Nukus tumani hududida joylashgan tajriba yer maydonida «Ziyolilar bog‘i» yaratildi. 

Bu loyihada institutimizning professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok etib o‘z qo‘llari bilan kelajak avlod uchun bir bog‘ yaratish ustida bosh qo‘shdi.

Bunday aksiyalar tabiatimizni saqlashda va ekologik barqarorlikni ta’minlashda katta ahamiyatga ega bo‘lib, aksiya ishtirokchilarining tabiatga mehr-muhabbatini oshirdi.