Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi mamlakatimiz bo‘ylab barcha oliy o‘quv yurtlarida keng nishonlanmoqda. Shu asosda bugun 3-aprel kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Kengash qo‘mita raisi – Sdikov Islambek Muratbayevich, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi sudyasi – Berdimuratova Zulfiya Joldasbayevna, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vaziri – Elmurat Ergashovich Tursunov, institutimiz professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni institutimizning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Davletmuratov ochib berdi va boshqarib bordi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, yangilanishlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida keng ma’lumotlar berdi. Mamlakatimiz taraqqiyotida Konstitutsiyaning asosiy prinsiplari, ya’ni qonun ustuvorligi, inson huquqlarining himoyasi, adolatni ta’minlash Konstitutsiyaning eng muhim roli ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha vakillaridan javoblar oldi.