9-aprel Qoraqalpog‘iston respublikasi konstitutsiyasi qabul qilingan kun!
Qoraqalpog‘iston Respublikasining Konstitutsiyasi 1993 yil 9 – aprel kuni o‘n ikkinchi chaqiriq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining o‘n ikkinchi sessiyasida qabul qilingan.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida sanaga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Respublikalarining davlat madhiyalari bilan boshlangan tadbirda institut rektori B.Jollibekov institutimiz professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlarni va institutimiz jamoasini bugungi bayram bilan samimiy tabrikladi va Konstitutsiyaning inson hayotimizdagi o‘rni hamda har bir inson uchun uning huquqlarini himoya qilishda juda muhim ekanligini alohida ta’kidladi.