«Savob ishni har kim har kuni qilishi kerak!»
Xalq donoligida «yaxshidan bog‘ qoladi» degan gap bekorga aytilmagan. Chunki bog‘ o‘zining xilma-xil mevalari bilan har bir xonadon dasturxonini to‘ldirsa, go‘zal tabiati bilan atrofni yashillikka burkaydi. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan 2025 yilga «Atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil iqtisodiyot» yili deb nom berilishida ham ma’no bor. Bugungi kunda dunyo xalqlarida yashil tabiatni asrash, atrof-muhitni turli zararli chiqindilardan himoya qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish va yashil makon aksiyasi doirasida xayrli ishga qo‘l urildi.
Institutimizga biriktirilgan «Yosh avlod» va «Qumbiz ovul» mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarga kafedra jamoasi tomonidan 200 tup mevali ko‘chatlar tomorqalarga ekib berildi.
«Qumbiz ovul» MFY raisi Kalimbetova Almagul va hokim yordamchisi Ilyasov Muxammed bilan birgalikda kafedramizning bir qator o‘qituvchilari hududda ro‘yxatga olingan kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarga meva ko‘chatlari o‘tqazildi.
Jumladan, kafedra mudiri Z.Kallibekova Saule Murinovaning xonadonida bo‘lib, amaliy yordam ko‘rsatdi.
Shuningdek, kafedra assistent o‘qituvchisi A. Sayfullayev va Sveta Berdimuratovaning xonadoniga o‘rik mevali ko‘chatlarini ekib savobli ishga qo‘l urdi.
Shuningdek, kafedra dotsenti B.Bekimbetov fakultet hududiga mevali ko‘chatlarni ekishda faollik ko‘rsatdi.
«Yosh avlod» MFY raisi A. Xudaynazarova va hokim yordamchisi Timur Sakbergenov bilan birgalikda kafedramizning bir qator o‘qituvchilari hududda ro‘yxatga olingan kam ta’minlangan, yordamga muhtoj oilalarga hamda mahalla fuqarolar yig‘ini binosi yonidagi dalalarga meva ko‘chatlarini ekish uchun sovg‘a qildi.
Kafedra dotsenti N.Tleubergenova so‘zga chiqib berilayotgan meva ko‘chatlari navli ekanligini aytib uni ekish yo‘llari bo‘yicha maslahatlar berdi. Oila boshlig‘i Alisher Sobirov boshlangan bunday savobli ishlarga minnatdorlik bildirdi.
Yana kafedra assistent o‘qituvchisi Z.Allaniyazov «Yosh avlod» MFY hududida yashovchi fuqaro Qo‘yliboy Ubbiniyazovga meva ko‘chatlarini ekish uchun sovg‘a qildi.
Kafedramizning assistent o‘qituvchisi O.Seytmuratov ham «Qumbiz ovul» MFYda yashovchi fuqaro Salima Qozoqboyevaning xonadoniga meva ko‘chatlarini ekish uchun topshirdi.