Qoraqalpog‘istondagi Oliy o‘quv yurtlari talabalari o‘rtasida Kimyo fanidan «REKTOR KUBOGI» olimpiadasi tashkil etildi
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Axborot texnologiyalari matematika, fizika va kimyo» kafedrasi dotsent T.S.Bauatdinov va assistent G.A.Pirniyazova rahbarligida institutimizdan iqtidorli talaba yoshlar orasidan 7 talaba qatnashib o‘z aqliy bilimlarini sinovdan o‘tkazdi. Olimpiadadan so‘ng tajriba almashish maqsadida talabalar Universitet kimyo laboratoriya xonalarida yangi keltirilgan kimyoviy asbob-uskunalar bilan tanishdi.
Tadbir barcha ishtirokchilar uchun unutilmas taassurot qoldirdi va ular uchun nafaqat bilimlarini sinash, balki yangi do‘stlar orttirish va tajriba almashish imkonini berdi.