Yangi O‘zbekistonning rivojlanish strategiyasining yetti asosiy yo‘nalishidan kelib chiqib, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiya institutida 2025-yilning aprel-iyun oylarida o‘tkaziladigan media-tadbirlar rejasiga asosan institut rektori B.Jollibekov rahbarligida 22-aprel kuni institutimiz talaba yoshlari ishtirokida «Rektor va talaba yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda institut rektori B.Jollibekov mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini shu bilan bir qatorda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash uchun olib borilayotgan islohotlar, yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar, institutimizning bugungi kunda yoshlarga yaratayotgan imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berdi.
Bu uchrashuv orqali o‘quv yurtlarida ta’lim va ilm-fanning rivojlanishi, talabalar turmushi, ularning muammolari, fikr-takliflar va institutda amalga oshirilayotgan yangilanishlar haqida fikr almashish uchun juda muhim tadbir hisoblanadi.
Albatta Rektor va talaba yoshlar uchrashuvi orqali institutimiz talaba yoshlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Uchrashuv yakunida Respublikamiz miqyosida ham ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan ochiq rektor kubogi musobaqasida yuqori o‘rinlarni egallagan talaba yoshlarimiz o‘z tengdoshlariga o‘rnak bo‘lishlari uchun institut rektorati tomonidan erishgan natijalari bilan tabriklanib ularga qo‘shimcha stipendiyalar bilan taqdirlanishi ham aytib o‘tildi. Talaba yoshlarga qaratilayotgan bunday e’tibor ularni yanada ilgarilab yanada yuqori o‘rinlarga chiqishiga turtki bo‘lishi shubhasiz.