2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhit yaratish, yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning erta oldini olish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori ijrosini ta’minlash («Sayyor sud» va «Jinoyat muhokamalari») huquqiy targ‘ibot ishlarini yanada keng yoyish maqsadida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha birinchi prorektor M.Davletmuratov, Jinoyat ishlari bo‘yicha Taxiatosh tumani sudyasi A.Davletov, institut profilaktika inspektori T.Kenesbayev, dekan o‘rinbosari, tyutor va talaba yoshlar ishtirok etdi.

 Tadbirni institutimizning birinchi prorektori M.Davletmuratov ochib berdi va boshqarib bordi. Eng avvalo u talaba yoshlar va fuqarolar hayotida ushbu qarorning muhim o‘rin tutishi, mamlakatimizda huquqiy madaniyatni oshirish va yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olishda olib borilayotgan yangicha chora-tadbirlarga to‘xtalib o‘tdi.
O‘tkazilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar tomonidan yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, huquqiy tarbiyani kuchaytirish, profilaktik ishlar samaradorligini oshirish, shuningdek, institutimiz tomonidan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
 Tadbir ishtirokchilariga amaldagi qonunlar, huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari va har bir fuqaroning jamoat xavfsizligini ta’minlashda faollik ko‘rsatishda talaba yoshlarning o‘rni alohida ekanligi ta’kidlandi.
 Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan huquqiy va ijtimoiy savollariga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.