Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti hamda Xo‘jayli tumani 2-sonli politexnikumi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 14-iyuldagi «Oliy o‘quv yurtlari va ularning filiallariga biriktirilgan texnikumlarda tegishli kafedralarning filiallari hamda o‘quv laboratoriyalari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi 226-sonli va 2025-yil 25-fevraldagi «Oliy ta’lim tizimida dual ta’limni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 77-sonli buyruq talablaridan kelib chiqib Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasining bir qator professor-o‘qituvchilari institutga biriktirilgan Xo‘jayli tumani 2-sonli politexnikumiga borib mahorat darslarini o‘tdi. Jumladan, assistent o‘qituvchilardan T.Mambetmuratova «Sodda va qo‘shma gaplarda aniqlovchi munosabatlarning ifodalanishi,» G.To‘reniyazova «Islom dini,» Z.Ranova «Konstitutsiya kelajagimiz tayanchi,» N.Saribayeva «O‘zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga oshirilgan islohotlar» mavzularida keng tushunchalar berdi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.