O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PF-5953-sonli, 2021-yil 3-fevraldagi «Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar tizimi hamda zamonaviy xizmatlar ko‘rsatishni yanada rivojlantirish to‘g‘risida»gi PF-6159-sonli, 2022-yil 28-yanvardagi «2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-60-sonli farmonlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Agrotexnologiya va o‘rmonchilik, Zooinjeneriya hamda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi fakultetlarida «Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi» tanlovining fakultet bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov yakuniga ko‘ra: Agrotexnologiya va o‘rmonchilik fakultetida:
1-o‘rin Green teach
2-o‘rin Agrointellekt
3-o‘rin Smart Soil,
Zooinjeneriya fakultetida:
1-o‘rin Smart Koders
2-o‘rin Renessans uchqunlari
3-o‘rin Akvalider,
Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi fakultetida:
1-o‘rin Green mind
2-o‘rin Yosh muhandislar
Komandalari egalladi. G‘olib bo‘lgan jamoalar institut bosqichiga yo‘llanma oldi.