Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan 1-30 may oralig‘ida «Sport oyi» munosabati bilan «Sportchi – el himoyachisi» shiori ostida belgilangan rejaga muvofiq institut professor-o‘qituvchilari va texnik xodimlari
orasida sportning «Voleybol» turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilishini xabar qilgan edik.
Shu asosda 21 may kuni institutimizda o‘tkazilgan voleybol o‘yinlarida institut professor-o‘qituvchilari va texnik xodimlari faol ishtirok etdi.
Musobaqa yakunida:
✅ 1-o‘rin ATM jamoasi
✅ 2-o‘rin Agrotexnologiya jamoasi
✅ 3-o‘rinni Zooinjeneriya jamoalari egalladi.