2025-yil 22-may kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Z.Mambetniyazova va Agrotexnologiya va o‘rmonchilik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Karimullayeva bilan hamkorlikda Mo‘ynoq tumani 1,2-sonli va ixtisoslashtirilgan maktab bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 2025-yil 23-may kuni, Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi S.Orinbayeva va Zooinjeneriya fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi T.Paxratdinova hamkorligida Amudaryo tumani Muhandislik-texnologiyalar texnikumi va ixtisoslashtirilgan maktabning bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

 Uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 14 martdagi «Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-103-sonli qarori ijrosi yuzasidan o‘quvchi yoshlarni kasbga yo‘naltirish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

 Yordamga muhtoj oilalardagi xotin-qizlarga 2000 grant o‘rinlar uchun tavsiyanoma beriladi. Uchrashuvda institutimizda talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, fakultetlarning ichki tuzilmalari, tarkibi, turlari, yutuqlari, talabalar turar joylari, yutuqqa erishgan talabalar, turli tanlovlar, stipendiya turlari va egalari, haqida videoroliklar ko‘rsatildi va ma’lumotlar berildi.