Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalari instituti Gumanitar fanlar va tillar kafedrasi dotsenti M.Abdullayeva rahbarligida ingliz tili fani o‘qituvchilari G.Ataxanova, Z.To‘reniyazova, I.Sarsenbayeva, P.Javmitbayeva va J.Shamuratovlar Mo‘ynoq tumani «Aral» va «Mo‘ynoq» MFYlari, shuningdek bir necha maktablarga ham borib o‘sha yerdagi yoshlar bilan uchrashdi va suhbatlar olib bordi.
Suhbat davomida Mo‘ynoqchi yoshlarining chet tillarini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini yanada mustahkamlash maqsadida masofaviy o‘qitish kurslarini tashkil etish masalalari bo‘yicha maktab rahbarlari va mahalla fuqarolar yig‘ini rahbarlari bilan maslahatlashdi.Mo‘ynoqchi yoshlar ham institutimiz bo‘yicha berilgan ma’lumotlarga qiziqqan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldi.Uchrashuv mazmunli va qiziqarli o‘tdi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz