Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisining topshirig‘i bilan hududda IT sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarni bu sohaga qiziqtirish, xorijiy davlatlardan IT eksportyor korxonalarini keng qamrab olish orqali yangi ish o‘rinlarini yanada ko‘paytirish maqsadida «Digital Forum Karakalpakstan 2024» IT forumi tashkil etildi.

 Shu yilning 30-may sanasida Mo‘ynoq tumanida bo‘lib o‘tadigan «Stixiya» festivali doirasida «Digital Forum Karakalpakstan 2025» IT-forumini tashkil etish bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2025-yil 22-maydagi 01-08/6-05/235-sonli bayonnomasi tasdiqlangan.

 Forumga jahon va O‘zbekiston miqyosidagi IT mutaxassislar va spikerlarni qamrab olish, ular tomonidan IT sohasidagi karera va professional brend, ish qidirish va frilanserlik mavzusida seminar treninglar o‘tkazildi.

 O‘z navbatida Axborot texnologiyalari, matematika, fizika va kimyo kafedrasi assistent-o‘qituvchilari A.Kdirbayev va Sh.Abdikarimovlar hamda Axborot texnologiyalari va tizimlari ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda Forumda faol ishtirok etdi va dunyo va O‘zbekiston miqyosidagi IT mutaxassislar bilan o‘z fikr va ko‘nikmalarini almashdi.