Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida «Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi» tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. O‘tkazilgan tanlovda fakultet bosqichlarida g‘olib bo‘lgan 4 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlovni institutimizning yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori M.Davletmuratov ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi
Tanlov yakuniga ko‘ra:
✅ 1-o‘rin Smart Koderlar
✅ 2-o‘rin Agrointellekt
✅ 3-o‘rinni Green teach jamoalari egalladi.
O‘tkazilgan tanlov yakunida institutimiz rektori B.B.Jollibekov barcha ishtirokchilarni va g‘oliblarni tabriklab kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi. Shundan so‘ng g‘olib jamoalar institutimiz tomonidan Diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.