Gumanitar fanlar va tillar kafedrasi assistenti Sarsenbayeva Ilmira tomonidan Buyuk sohibqiron bobomiz Amir Temur tavallud kuniga bag‘ishlab Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va suv xo‘jaligi fakulteti 1V-Yurisprudensiya guruhi talaba yoshlari o‘rtasida ingliz tilida Zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Bunda savollar Amir Temur hayoti, mamlakatni boshqarish davrida ilm-fan rivojiga qo‘shgan hissalari haqida ingliz tilida berilgan va o‘z navbatida javoblar ham talabalar tomonidan ingliz tilida berildi.
Bunday intellektual o‘yinlarning o‘tkazilishi talabalarning chet tilga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga va chuqur izlanib ko‘p ma’lumotlarni olishga yordam beradi.

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz