Bugungi konferensiyamizda Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida 2024-yilning 20-dekabr kuni «Qishloq va suv xo‘jaligi hamda texnika sohasidagi yangi texnologiyalar va g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etish» mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasining 7-seksiya – Qishloq xo‘jaligini rivojlantirishda gumanitar va aniq fanlarning roli, tillar, shu jumladan xorijiy tillar va ITning ahamiyati hamda 8-seksiya – Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish sektori bilan integratsiyasini yo‘lga qo‘yishning ahamiyati nomli seksiyalari bo‘yicha ma’ruzalarini tinglash va tahlillar o‘tkazildi.

 Bunda ma’ruzachilar:

  1. Kallibekova Z.B. Yoshlarning ma’naviy qiyofasida kamtarlik fazilatlarini tarbiyalash usullari mavzusida ma’ruza qildi.
  2. Bobonazarov D.J. «Belgilar asosida qovun navlarini hududlar bo‘yicha tasniflash» mavzusi bo‘yicha taqdimot qildi.
  3. Abdullayev M.A. «Blended learning technology in English lessons» mavzusida ma’ruza qildi.
  4. Pirniyazova G.A. «Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida kimyoviy moddalardan optimal foydalanishda determinlashgan ekologik-iqtisodiy masalasini yechish algoritmi» bo‘yicha ma’ruza qildi.
  5. Paxratdinova T.K. «To‘qqiz qumoloq» o‘yinining ba’zi elementlari» nomli ilmiy ishini muhokama qildi.
  6. Sarsenbayeva I.U. «The use of anglicisms in media texts» mavzusi bo‘yicha nutq so‘zladi.
  7. Tursinbayeva G.S. «Qishloq xo‘jaligida radiatsion texnologiyalarni qo‘llash» nomli mavzusida so‘zga chiqdi.

 Seksiya yuvish jarayonini oʻzaro suhbatlar va soʻrov-javoblar bilan oʻtkazdi.