Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Zooinjeneriya fakulteti 3-bosqich 60710400 Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish ta’lim yo‘nalishi talabasi Bekbergenova Aygul juda faol talaba qizlarimizdan biri.

 U hozirda Z.Ibragimova rahbarligida Qoraqalpog‘iston sharoitida yuqori darajali suv o‘simliklari «Azolla coroliniana,» «Acorus calamus»ni ko‘paytirish va ularning bioekologik xususiyatlari mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. A.Bekbergenova shu paytgacha bo‘lgan o‘quv-tarbiya jarayonlari davomida o‘zining faolligi, zukkoligi, iste’dodi va ijodkorligi, yuksak madaniyati va tashabbuskorligi bilan nafaqat fakultet, balki institutimizning iqtidorli talabalari qatorida alohida o‘ringa ega bo‘ldi.

 Bugunga qadar Xalqaro va mahalliy ilmiy-amaliy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. 16.04.2024 yil «Yosh ekolog» mavzusidagi seminarda faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlandi. «Kitob-bilimlar xazinasi» nomi ostida tashkil etilgan fakultetimiz professor-o‘qituvchilarining 2024 yilda nashrdan chiqarilgan o‘quv qo‘llanma va metodik qo‘llanmalarni taqdim etgani uchun faxriy yorliq bilan taqdirlandi. 2025 yilda Turk tilidan B1 darajali sertifikat olishga muvaffaq bo‘ldi. 2025 yilda «Yoshlar va innovatsion qishloq xo‘jaligi» mavzusidagi tanlovning fakultet bosqichida «Tarmoqning faol bilimdonlari» nominatsiyasi «Star Group» guruhi nomidan qatnashib 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.