Halqimizda «Til bilgan – el biladi», degan hikmatli gap bor. Xorijiy tillarni mukammal o‘rganish esa davr talabi. Zero, jahon miqiyosida erishilayotgan yutuqlarni, to‘plangan tajribalarni o‘zlashtirishda ham chet tillariga ehtiyoj seziladi. Ayniqsa, mamlakatimizda barcha sohalar kabi jadallik bilan taraqqiy etayotgan qishloq xo‘jaligi sohamizni yanada yuksaltirishda bu omilning ahamiyati beqiyosdir.Soʻnggi yillarda yurtimiz yoshlari orasida chet tillarini oʻrganishga boʻlgan ishtiyoq anchayin ortdi. Ana shunday imkoniyatlardan oqilona foydalanayotgan yoshlar oramizda ko‘p.Ulardan biri o‘z ustida tinimsiz izlanib, o‘qib, bilim olayotgan talabalarimizdan biri «Zooinjeneriya» fakulteti 1-kurs «Axborot tizimlari va texnologiyasi» mutaxassisligi talabasi Sharofatdinov Muxametdin. U yaqinda chet tilini bilish darajasini aniqlash maqsadida test sinovlaridan o‘tib, ingliz tili bo‘yicha В1 darajadagi milliy sertifikatni olishga muvaffaq bo‘ldi. Uning bu yutug‘ida «Gumanitar fanlar va tillar» kafedrasining ingliz tili o‘qituvchisi Ziuarxon To‘reniyazovaning qo‘shgan hissalari ko‘p. Biz Sharofatdinov Muxametdinga institut jamoasi nomidan kelgusi o‘quv yilida yanada yuqori natijalarga erishishida omadlar tilaymiz!

(+99861) 229-27-01
qaxai_info@tdaunukus.uz