Hukumat qaroriga asosan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni suhbat asosida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga 2-kursdan o‘qishga qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu toifadagi abituriyentlar 5-iyuldan boshlab Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining my.edu.uz elektron platformasi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyent to‘g‘risidagi ma’lumotlar elektron platformada avtomatik shakllanadi.
Ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni joriy yilning 25-iyuliga qadar davom etadi.