14-iyul kuni Respublikamizning barcha hududlarida kirish test sinovlari boshlanadi
Test sinovlari kuni shaxsni tasdiqlovchi pasport (ID-karta)ning asli majburiy ravishda taqdim etilishi shart. Aks holda siz test sinoviga kiritilmaysiz!
2025-yil 1-iyuldan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pasport va boshqa hujjatlarning elektron shakllari rasman tan olinadi. Biroq bu test sinovlariga taalluqli emas, chunki:
Test sinovi hududiga mobil telefon va boshqa raqamli qurilmalarni olib kirish qatiyan taqiqlangan.
Shuning uchun sizda pasportning asl nusxasi – ID-karta yoki biometrik pasport bo‘lishi shart.
Yodingizda bo‘lsin:
Pasport (ID-karta) asl nusxasi;
Abituriyent ruxsatnomasi — testga kirishda talab etiladi.
Ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligi «Virtual markaz» interaktiv xizmatlar portali platformasidagi shaxsiy kabinetdan yoki ruxsatnoma uzbmb boti orqali yuklab olinadi.
Test sinovlariga kech qolmang, hujjatlaringizni avvaldan tayyorlab qo‘ying!
Mandat javob boti orqali qaysi oliygohda qanday yo‘nalishlar borligi va har birining o‘tish ballari bilan tanishish mumkin.
Sinov test uz boti orqali abituriyentlar uchun maxsus diagnostik testlarni ishlab, o’z bilimingizni bepulga sinovdan o’tkazishingiz mumkin!
Qoʻshimcha savollarni Telegram botimizga yuborishingiz mumkin.