2025-yil 3-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida yangi o‘quv yilining ilk dars jarayonlari boshlandi.

 Institutimizda talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan yoshlar bilan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor N. Absattarov har bir fakultetga tashrif buyurib, uchrashuvlar o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida prorektor, avvalo, barcha talaba-yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yilligi bilan samimiy muborakbod etdi. Mustaqillik yillarida mamlakatimizda erishilgan yutuqlar har bir yosh hayotida alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

 Shuningdek, institutning o‘quv jarayonlari, mavjud imkoniyatlari va yaratilgan sharoitlari haqida ma’lumot berildi. Prorektor talabalarga yangi o‘quv yilida ulkan muvaffaqiyatlar, bilim va ijodiy yutuqlar tiladi.