O‘zbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 34 yilligi yurtimiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.
Shu munosabat bilan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida ham “Mustaqillik soatlari” tashkil etildi.
Institutimiz professor-o‘qituvchilari talaba-yoshlar bilan birgalikda “Bo‘lar ekanku yoxud kechaning bugundan farqi nimada?” shiori ostida mustaqillik darslari ko‘tarinki kayfiyatda olib bormoqda.
Tadbirning asosiy maqsadi – o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mustaqillikka erishish yo‘lida ota-bobolarimizning mashaqqatli hayotini keng targ‘ib qilish va bugungi farovon turmushda yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanishga da’vat etishdir.
Mazkur ma’naviy darslar orqali talaba-yoshlarimizda mustaqillikning qadrini yanada chuqur anglash, bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lida faol bo‘lish istagi kuchaymoqda.