Mazkur darslar “Tarixiy xotira, ma’naviy va ruhiy tarbiya – Yangi O‘zbekiston poydevori” shiori ostida bo‘lib o‘tib, talabalarda milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirishga qaratildi.

 Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan dars jarayonlarida tariximizning murakkab davrlari, xususan, qatag‘on qurbonlari, jadidchilik harakati namoyandalari hayoti va faoliyati haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berildi.

 Ushbu ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar talaba-yoshlarning tarixiy xotirasi, fuqarolik mas’uliyati va mustaqillik g‘oyalariga sodiqligini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.