Qishloq xo‘jaligi sohasida eng mas’uliyatli davrlardan biri bu — paxta yig‘im-terimi hisoblanadi. Shu bois qo‘l mehnatini kamaytirish, terim jarayonini tez va samarali tashkil etish maqsadida Respublikamizga 2025-yilda yangi paxta terish mashinalari olib kelindi.
Mazkur texnikalardan samarali foydalanish, ularni boshqarish va texnologiyalarini amaliyotga tadbiq etishni o‘rgatish maqsadida 2025-yil 5–8-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida o‘quv seminarlar o‘tkazilmoqta.
Seminar davomida fermer xo‘jaliklari vakillari va mutaxassislar ishtirokida paxta terish mashinalaridan foydalanish usullari, ularning afzalliklari hamda samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berildi. Ushbu tadbir qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya jarayonlarini jadallashtirish va hosildorlikni yuksaltirishga xizmat qiladi.