Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti talaba-yoshlari tyutorlari hamrohligida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurdilar.
Tashrifdan maqsad — siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimizning hayoti va faoliyatini o‘rganish, ularning mardona kurashini yoshlarga targ‘ib etish hamda xotirasini abadiylashtirishdir.
Talabalar muzey ekspozitsiyalari orqali tarixiy voqealar bilan yaqindan tanishib, xalqimiz boshidan kechirgan og‘ir sinovlarni chuqur his etdilar. Ushbu tashrif yoshlar qalbida vatanparvarlik, tarixiy xotiraga hurmat va kelajak uchun mas’uliyat tuyg‘ularini yanada kuchaytirdi.