Uchrashuvda institut Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Z.Mambetniyazova, fakultetlarning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari va mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida talaba-qizlarga institutda yaratilgan sharoitlar, xotin-qizlar maslahat kengashi faoliyati, ular uchun rejalashtirilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida faollik ko‘rsatish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, tartib-intizomga rioya qilish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Uchrashuv davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi va o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.