Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti Suv xo‘jaligi va yerdan foydalanish kafedrasi 3-bosqich tayanch doktoranti Bekmurat Abdikairov Xitoy davlatida o‘tkazilayotgan Sho‘rlangan tuproqlar bo‘yicha xalqaro tarmoq (INSAS)ning to‘rtinchi majlisida ishtirok etmoqda.

 Mazkur xalqaro tadbir 2025-yil 11–13-sentyabr kunlari Dunxuan shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Unda dunyoning turli davlatlaridan yetakchi olimlar, mutaxassislar va tadqiqotchilar sho‘rlangan tuproqlar muammosi, ularni monitoring qilish va samarali foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

 Bekmurat Abdikairov majlisda o‘z ilmiy izlanishlari doirasida tayyorlangan “Qurg‘oqchil yerlarda tuproq sho‘rlanishini monitoring qilish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan qatnashishi rejalashtirilgan.

 Ushbu ishtirok nafaqat yosh olimning ilmiy faoliyatidagi muhim bosqich bo‘lib, balki O‘zbekiston va xususan Qoraqalpog‘iston ilmiy salohiyatining xalqaro miqyosda tan olinishiga xizmat qiladi.