Avval xabar berganimizdek, institutimiz rektori B.B.Jollibekov Xitoy Xalq Respublikasida o‘tkazilgan «Cho‘llanishga qarshi kurashish va ko‘kalamzorlashtirishni rivojlantirish» mavzusidagi xalqaro simpozium doirasida dala tajriba maydonlarida bo‘ldi.

 Dala tajriba maydonida o‘tkazilgan amaliy ko‘rgazma chog‘ida belgilangan hududlarni ko‘kalamzorlashtirish maqsadida amaliy ishlar olib borildi.

 Shundan so‘ng rektorimiz ilmiy stansiyada olib borilayotgan ishlar va o‘simliklarning o‘sish jarayonlari bilan tanishdi. Shu bilan birga, respublikamizdagi mavjud ekologik muammolarni hal etishda samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan tajribalar haqida ham ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

 Albatta, ushbu xizmat safari nafaqat Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti uchun, balki mamlakatimiz atrof-muhitini muhofaza qilish yo‘lida ham muhim ahamiyatga ega, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.