O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 19-iyun kungi 228-sonli buyrug‘iga asosan oliy ta’lim tashkilotlarida “Ekologik innovatsiyalar va ekologik madaniyat oyligi” doirasida Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Eko-innovation–2025” ko‘rgazmasi yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirni institut rektori B. Jollibekov ochib berdi hamda barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi.
Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi innovatsion g‘oyalarni aniqlash, ilg‘or tajribalarni o‘rganish, yosh ixtirochilarni rag‘batlantirish va jamiyatda ekologik madaniyatni yuksaltirishdan iboratdir.
Mazkur ko‘rgazma quyidagi uch yo‘nalishda tashkil etildi:
Atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash, chiqindilarni qayta ishlash va kamaytirish;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
Innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar.
Ko‘rgazmada institutning talabalar, magistrant va doktorant yosh olimlari ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan eng sara innovatsion ishlanmalari va loyihalarini taqdim etdilar.
Tadbir yakunida hakamlar hay’ati tomonidan loyihalar har bir yo‘nalishda doyrasida saralanib, g‘oliblar institut rahbariyati tomonidan 1-, 2-, 3-darajali diplomlar hamda mos ravishda 6, 4 va 2 million so‘mlik vaucherlar bilan taqdirlandilar.