2025-yil 15-sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 21-fevraldagi 15-sonli bayonnomasiga asosan Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutida “Milliy kiyimlar kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir talaba-yoshlar orasida milliy liboslarimizni asrab-avaylash, ularga hurmat bilan qarash, milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish va yoshlar qalbida faxr tuyg‘usini yanada mustahkamlash maqsadida tashkil etildi.
Tadbir davomida talaba-qizlar milliy kiyimlarning o‘ziga xosligi, ularning tarixiy va madaniy ahamiyati haqida ma’lumot berib, ochiq suhbatlar o‘tkazdilar. Shuningdek, milliy liboslar nafaqat xalqimizning boy merosi, balki yoshlarning milliy o‘zligining ajralmas qismi ekanligi alohida ta’kidlandi.
“Milliy kiyimlar kuni” talabalarda milliy qadriyatlarni chuqur anglash, ularni qadrlash va asrab-avaylashga xizmat qilgan muhim ma’naviy-ma’rifiy tadbirlardan biri bo‘ldi.